Jahon | 11:31 / 22.09.2017
12574
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi zilzila qurbonlari soni ortishda davom etmoqda 

Foto: AP

Meksika milliy qutqaruv xizmati rahbari Luis Felipe Puentening ma'lum qilishicha, 19 sentabr kuni yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni hozirgi paytga kelib 286 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat poytaxtida 148 inson hayot bilan vidolashgan. Shu bilan birga, Morelos shtatida – 73, Pueblada – 45, Mexiko shtatida – 13, Gerreroda – 6, Oaxakada – 1 inson halok bo‘ldi.

Meksika yaqinida 7,1 magnitudali kuchli zilzila 19 sentabr kechqurun yuz berdi. Mamlakat hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq inson jabrlangan.

Meksikadagi zilzilalar vaqtida it 52 kishining hayotini saqlab qoldi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid