Sport | 21:58 / 22.09.2017
9859
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. Ermatov boshqargan o‘yinda «Qizilqum» ochko yo‘qotdi, «Buxoro» «Mash'al»da durang o‘ynadi

O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikkala o‘yinda ham g‘olib aniqlanmadi.

Muborakda «Mash'al» «Buxoro» bilan kechgan uchrashuvda durang o‘ynagan bo‘lsa, «Qizilqum» o‘z uyida «Olmaliq»ni qabul qilib o‘yinning so‘nggi qismida mag‘lubiyatdan qutulib qoluvchi golni kiritdi.

Oliy Liga, 22-tur

«Mash'al» – «Buxoro» 1:1 (0:0)

Gollar: Shahzod Shaymanov (63 penalti) – Ivan Nagayev (68 penalti). 
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov,  Humoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov (Bobur Qosimov, 90+2), Abbos Shodmonov, Igor Timanyuk, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov, Zafar To‘rayev (Zohir Qo‘ziboyev, 87). 
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Nozim Umurov (Ivor Vaytser, 66), San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Zohir Pirimov (Javohir Qahramonov, 51), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Alisher Samatov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev (Azamat Allaniyozov, 86).
Ogohlantirishlar: Bayenko (35), Timanyuk (38).

«Qizilqum» – «Olmaliq» 2:2 (0:1)

Gollar: Samandar Shodmonov (60), Akrom Bahriddinov (80) – Vladislav Kasminin (13), Igor Yyelich (70). 
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Viktor Grigorev, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (Nodirxon Kamolov,  90+1), G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov (Mustafo Rahmatov, 46), Akram Bahriddinov.
«Olmaliq»: Nizomiddin Ziyovuddinov, Abduqahhor Xojiakbarov, Lutfulla To‘rayev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Zafar Polvonov, Rahmatilla Berdimurodov, Sanjar Rixsiboyev (Viktor Klishin, 36), Igor Yyelich (Farhod Musabekov, 73), Vladislav Kasminin, Xurshid Muxtorov (Dilshod Jo‘rayev, 69).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid