Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uber Londondagi litsenziyasidan mahrum etildi
Uber Londonda yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.
Xabar qilinishicha, Britaniya poytaxti transport tizimi rahbariyati kompaniyadan litsenziyani, u taksomotor xizmatlariga qo‘yiladigan talablarga javob bermasligi tufayli olib qo‘ygan. Xususan, kompaniya jinoiy hodisalar haqida ogohlantirish bo‘yicha o‘zini ko‘rsatmayapti, tibbiy sertifikatlarni rasmiylashtirish va haydovchilar tomonidan sudlanmaganlik haqida ma'lumotnomani olishda shaffoflikni ta'minlayotgani yo‘q, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarni yig‘uvchi Greyball tizimidan foydalanmoqda.
«Uber’ning yondashuvi va harakati jamoat xavfsizligi uchun ehtimoliy oqibatlarga ega bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha korporativ mas'uliyat yo‘qligini ko‘rsatmoqda», - deyiladi London transport agentligining bayonotida.
Gazetaning yozishicha, kompaniyaning amaldagi litsenziyasi muddati 30 sentabr kuni yakuniga yetadi, biroq tashuvchida qaror bo‘yicha apellyatsiya sudiga shikoyat kiritish uchun 21 kun bor.
Avgust oyi oxirida Uber yo‘lovchilarni kuzatish funksiyasini o‘chirib yuborishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026