Jamiyat | 09:57 / 22.09.2017
9088
1 daqiqa o‘qiladi

Uy tozalovchi ayol xonadondan 12,6 mln. so‘m mablag‘ni o‘mardi

2017 yiln 16 sentabr kuni soat taxminan 12:00larda, ayol kishi Yunusobod tumani hududida, fuqaro X.O.X.ning xonadonida uy tozalovchi sifatida bo‘la turib, uy egasining chalg‘iganligidan foydalanib, yotoqxonadan unga tegishli jami bahosi 12.600.000 so‘m va 100 AQSh dollar bo‘lgan mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Q.B.S. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid