Tramp: Kim Chen In bilan ishni allaqachon biryoqli qilish kerak edi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan “ishni allaqachon biryoqli” qilish kerak edi.
"Biz bu ahmoq yigitning qiliqlariga chidab turmaymiz. U raketalarni hamma joyga qarab otmoqda", - dedi AQSh prezidenti Alabama shtatidagi saylovoldi mitingida. Tadbir Senatga respublikachilardan nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
"Darvoqe, raketa-inson bilan ishni allaqachon biryoqli qilish kerak edi. Buni (Bill) Klinton, (Barak) Obama amalga oshirishi lozim edi, respublikachilar haqida gapirmayman. Bu 8, 4, 15 yil avval qilinishi kerak edi, ammo hozir emas. Biroq men buni hal qilaman", - dedi Tramp.
Uning ma'lum qilishicha, "sayyorada tinchlikka erishishning eng yaxshi yo‘li – o‘z xalqlarini hurmat qiluvchi, o‘z qadrini biladigan suveren davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlardir".
Avvalroq Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nuqtida AQSh KXDRni Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilishda davom etsa, yo‘qotib yuborishdan boshqa iloji qolmaganini ma'lum qildi. Shu bilan birga, u Kim Chen Inni “raketa-inson” deb atadi. Juma kuni esa u Kim Chen Inni “ahmoq” deb atadi va unga “misli ko‘rilmagan sinovlar”ni va'da qildi.
Los Angeles Times gazetasining manbalarga asosan yozishicha, Trampning maslahatchilari undan KXDR yetakchisini haqorat qilishdan o‘zini tiyishni bir necha marta so‘rashgan.
Nashrning xabar berishicha, amerikalik amaldorlar, jumladan, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Gerbert Makmaster BMT Bosh Assambleyasidagi bunday bayonotlar keskinlikni yanada oshirishi va muzokaralar uchun barcha imkoniyatlarni yo‘qqa chiqarishidan xavfsirashmoqda.
Ta'kidlanishicha, Trampning Kim Chen Inga nisbatan so‘zlari nutqning qo‘l yozma shaklida bo‘lmagan. Xomaki variant prezidentning chiqishiga bir kun qolganida, bir necha yuqori mansabli maslahatchilar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Juma kuni ertalab esa Kim Chen In bayonot bilan chiqib, AQSh prezidentining BMTdagi nutqini “ahmoqona alahlash” deb atadi, Amerika prezidentining o‘zini esa – “ma'naviy tushkunlikka tushgan odam” sifatida ta'rifladi, hamda “tarixdagi eng kuchli aksilchoralar ko‘rish”ga va'da berdi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Nyu-Yorkda jurnalistlar oldida chiqish qilib, Tinch okeani uzra vodorod bombasining kuchli sinovi Trampning nutqiga javob chorasi bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024