Xalqaro ekspertlar iştirokida Toşkentdagi davra suhbatida qatnaşgan Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti prorektori Yevgeniy Kojokin «Rossiyadagi ta'lim yönalişida bugungi kunda yuz berayotgan hodisalar - aksil-islohot» işlari ekanini ta'kidlab ötdi.

«Islohotga qarşi harakat, deyişimga yetarliça asoslar bor. Biz 90-yillarning boşida ta'limda katta özgarişlarni amalga oşirişga qaror qildik, xususan, tölov-kontrakti asosida yangi öqiş turini joriy etdik. Bundan keyin katta yutuqlarga köz tikildi, ammo ta'lim sifati tuşib ketmoqda. Oliy ta'lim muassasalari esa diplom işlab çiqariş dargohiga aylanib qoldi, xolos.

Post-sovet davlatlarida diplomsiz işga qabul qilmaslik amaliyotiga barçaga sir emas, oqibatda institutning diplom berişi muhim vazifaga aylanib qoldi. Pirovard natija şuni körsatadiki, millatning yetakçi ziyolilari ijtimoiy adolatsizlik, kam maoş oliş bahonasida poraxörlikka qöl urişni boşladi.

Men kimgadir boşqa kimsaga ilmiy işni qanday yozişni tuşuntirib berişi ijobiy holatdan mujda beradi, deb öylamayman. Ta'limga e'tibor qilmay turib, siyosatda katta muvaffaqiyatga erişib bölmaydi. Sobiq Sovet makonida paydo bölgan mustaqil davlatlar tajribasiga, bosib ötgan yöliga e'tibor qiling», deydi u.