Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Iroqda harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkinligini istisno qilmayapti
Foto:aa.com.tr
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Iroq Kurdistonining Iroqdan mustaqil bo‘lishi referendumi mavzusiga izoh berib, agar Iroqda etnik turkmanlar biror muammoga duch kelsalar, unda Anqara zudlik bilan mintaqada harbiy operatsiya boshlashini aytdi.
Vazir qo‘shni Suriyadagi vaziyatga ham e'tibor qaratgan. Uning aytishicha, oxirgi kunlarda Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyaning Idlib viloyatini faol ravishda bombardimon qilmoqda. Bu viloyatda terrorchilik tashkilotlari harakat qilmoqda va ular bilan shubhasiz kurashni davom ettirish lozim. Biroq bu aviazarbalar oqibatida tinch aholi, o‘rtamiyona muxolifat jangchilari ham halok bo‘lmoqda, deb aytdi Chovusho‘g‘lu.
Uning ta'kidlashicha, bu masalada e'tiborliroq bo‘lish lozim. "Gap tinch aholiga hujumlar haqida ketayotgan bo‘lsa, unda bu o‘t ochishni to‘xtatish va Ostonada erishilgan kelishuvlar buzilayotganini anglatadi", deb qo‘shimcha qilgan turk vaziri.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026