Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an kurdlar mustaqilligiga neft bo‘yicha cheklovlar bilan javob qaytarmoqchi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shimoliy Iroqdan neft yetkazib beriluvchi quvurni yopib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Shundan so‘ng shimoliy Iroq hukumati qaysi yo‘laklar orqali o‘z neftini yetkazib berishi, yoki kimga uni sotishini ko‘ramiz», - degan u.
Uning ta'kidlashicha, neft quvurini to‘sib qo‘yish borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ehtimoliy choralar Iroq Kurdistonining mustaqillik bo‘yicha referendumi bilan bog‘liq.
Shuningdek, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat Iroq Kurdistonidan neft tranzitini to‘xtatib qo‘yishi mumkin ekani haqida ma'lum qildi. Bu ushbu mintaqadagi mustaqillik bo‘yicha referendum tufayli ro‘y beradi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
«Agarda, Iroq hukumati bizga neft tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq murojaat yuborsa, biz choralar ko‘ramiz», - degan Yildirim.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Turkiya o‘zining milliy xavfsizligini himoya qiladi.
Avvalroq Iroq Kurdistonida mustaqillik referendumi boshlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025