Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi
Nyu-York shahrida 7 aprel kuni Toshkentda imzolangan kelishuvga binoan Markaziy Osiyoning beshta mamlakati TIV rahbarlari navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdilar.
Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi mavzular muhokama qilindi, shuningdek, mavjud muammolarni konstruktiv tarzda hal qilish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Abdulaziz Komilov o‘z nutqida hamkasblariga BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19 sentabrdagi nutqining asosiy qismlari haqida ma'lumot berdi. Davlat rahbarining Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan aniq tashabbuslariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar 2017 yilning noyabrida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. Mazkur tadbir konstruktiv muloqot, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, hurmat va bir-birining qiziqishlarini inobatga olish tamoyillariga asoslangan holda mintaqaviy masalalar bo‘yicha qo‘shma yechimlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Uchrashuv ishtirokchilari Markaziy Osiyo umumiy sa'y-harakatlar natijasida tinchlik, barqaror rivojlanish va do‘stona qo‘shnichilik hukm suradigan mintaqa bo‘lishidan manfaatdor ekanliklarini va turli darajalardagi muntazam uchrashuvlarning o‘zaro foydali ekanligini tasdiqladilar.
Mavzuga oid
14:40 / 21.01.2026
Jamshid Xo‘jayev Tojikiston qo‘yayotgan savdo cheklovlariga javob choralarini istisno qilmadi
11:20 / 20.01.2026
“Tajovuzning mafkuraviy boshlanishi” - ekspertlar Duginning chiqishi haqida
20:02 / 18.01.2026
Yana bir propagandachi Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga qarshi chiqdi
15:08 / 14.01.2026