Fan-texnika | 19:46 / 25.09.2017
10109
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jamoasi Global IT Challenge xalqaro tanlovi g‘olibiga aylandi

Foto: LG

LG Electronics va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi imkoniyati cheklangan iste'dodli o‘smirlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda orzulariga yetishishlarida yordam bermoqda.

Jamiyatshunoslarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi paytda bir milliarddan ko‘proq inson nogironlik bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadi, bu sayyora aholisining taxminan 15 foiziga teng. Shu bilan birga, zamonaviy hayotda imkoniyati cheklangan kishilar qolgan jamiyatdan juda ko‘p hollarda ajralib qoladi, hamda natijada ular ijtimoiy notenglik va qashshoqlikdan aziyat chekadi.

Alohida ehtiyojlarga ega kishilar haqida kam bilishlik, shuningdek, turli noto‘g‘ri tushunchalar jamiyatda boshi berk ko‘chaga olib keluvchi axborot  buzilishini yaratadi, bu yoshlar orasida ham yuz bermoqda. Shunday kishilar haqida qayg‘urish istalgan kompaniya, mamlakat va jamiyatdagi o‘ziga xos kamolot indikatori sanaladi.

Foto: LG

LG Electronics – jahondagi tan olingan texnologik yetakchilardan biri – o‘zining «Hayot yaxshi» (Life is good) shioriga asosan har doim iste'molchilar hayotini yaxshiroq qilishga intiladi, alohida ehtiyojlarga ega kishilarga jiddiy e'tibor qaratadi.

Xususan, 2017 yilda LG 13-19 yoshlar oralig‘idagi imkoniyati cheklangan yoshlar uchun har yilgi Global IT Challenge tanlovi hamtashkilotchisiga aylandi. Uning finali Vetnam poytaxti Xanoyda 18-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan musobaqalarga Koreya Ilm-fan va AKT vazirligi, ESKATO, KSRPD hamda Community Chest of Korea notijorat tashkiloti homiylik qildi.

Foto: LG

2011 yilda tashkil etilgan Global IT Challenge xalqaro tanlovi turli davlatlardan bo‘lgan bolalarning madaniy muloqoti uchun sharoitlar yaratish, AT sohasida iste'dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan yoshlar muammolariga jamoatchilik e'tiborini qaratishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy maqsadlaridan biri – bunday bolalarni kompyuter dasturlaridan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rganish, shuningdek, ularning yaxshi karera qurish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda jamiyatga to‘laqonli bo‘lajak integratsiyasiga ko‘maklashish.

2017 yilda musobaqalarning bir qator toifalarida qatnashish uchun Osiyo mintaqasidagi 16 davlatdan maktab o‘quvchilari hamda talabalar tanlab olindi. Ular orasida Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham bor.

O‘zbekiston jamoasi qatnashchilari 2017 yilning 16-17 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida bo‘lib o‘tgan milliy saralash bosqichida aniqlandi. Tashkilotchilar – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi, LG Electronics va Toshkent shahridagi Inha Universiteti 20 nafar iste'dodli ishtirokchi orasidan to‘rt finalchini tanlab olishdi. Ularga Temur Xo‘jayev, Abdulaziz Salimov, Mirali G‘iyosov va Mavluda Qo‘chqoraliyeva aylandi.

Foto: LG

Xanoydagi tanlovga borishdan avval to‘rt nafar finalchi Scratch vizual dasturlash va kompyuter dasturlaridan foydalanish bo‘yicha bepul kursdan o‘z kuratorlari – Toshkentdagi Inha Universitetining IT departamenti xodimi Jahongir Raimbekov rahbarligida o‘tdilar.

Foto: LG

Xanoyda tanlovning final bosqichi 4 musobaqadan iborat bo‘ldi:

eTool challenge – yakka musobaqa, bu yerda Microsoft Excel va Power Point dasturlarini ishlata bilish ko‘nikmalari baholandi.

eLifeMap challenge – ma'lum bir yoki favqulodda vaziyatga veb-brauzerdan foydalanish orqali reaksiya bildirish bo‘yicha yakka musobaqa.

eDesign challenge – Power Point’dan foydalanib belgilangan mavzuga plakatlar dizaynini yaratish imkoniyatlari baholangan jamoaviy musobaqa.

eCreative challenge – jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda vizual dasturlash uchun Scratch-dasturlarni ishlatish va belgilangan mavzu bilan tarixni yaratish imkoniyati baholandi.

Foto: LG

Seuldagi Koreya oliy universitetining kompyuter muhandisligi departamenti vakillari va LG Electronics AT-ekspertlari hakamlik qilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi eCreative challenge musobaqasida Excellence Award mukofotiga loyiq topildi. Hakamlar o‘zbekistonliklarning muammolarni hal qilish va zamonaviy texnologik qurilmalardan foydalangan holda ijodiy fikrlash imkoniyatiga yuqori baho berishdi.

«Osiyoda imkoniyati cheklangan kishilar to‘qnash keluvchi muammolar bir kechaning o‘zida yo‘qolmaydi, biroq tegishli tayyorgarlik va munosabat orqali biz AT-hamjamiyatga kirish uchun to‘siqni pasaytirishga yordam berishimiz mumkin. LG Electronics iste'dodli yoshlarga asos yaratmoqda, bu ularning yangi imkoniyatlari va haqiqiy salohiyatlarini ochib berish uchun qilinmoqda. Bizning ishonchimiz komilki, bu talabalar tanlovni bilim bilan tark etishadi hamda istalgan narsaning uddasidan chiqa olishadi», - deya Global IT Challenge yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi LG Electronics Vietnam prezidenti Kim Yang-Lak.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid