Özbekistonlik taniqli tadbirkor, «Korzinka.uz» supermarketlar tarmoği rahbari Zafar Hoşimov telegramdagi kanalida öz faoliyatining ilk yillari haqida hikoya qildi

Foto: president.uz 

Buyuk vazifa

1994 yil.

Kuz kunlarining birida Angliyada magistratura bosqiçidagi tahsilimni tamomlagaç, közga köringan Britaniya kompaniyalaridan biriga meni işga taklif qilişdi. Kompaniya ofisi markaziy Londonning - Mayfair nomli maşhur göşasida joylaşgan bölib, uning dunyoning köplab mamlakatlaridagi bir qança ofislari, vakolatxonalari hamda şö'ba korxonalari bor edi. Öşa vaqtda kompaniya hisobidagi aktivlari qatorida Örta Yer dengizi havzalarida suyultirilgan tabiiy gazni saqlovçi va taşuvçi eng yirik port terminali ham örin olgan edi. Şu tariqa, kompaniya gaz va neft mahsulotlari bozorida, ayniqsa, Şarqiy hamda Markaziy Yevropada muhim rol öynar edi. Uşbu dargoh menga begona emas, zero amaliyotimni aynan şu yerda ötab, undan olgan xulosalarim asnosida diplom işimni yozgan edim. 

Şu yerda muhim bir jihatni ta'kidlab ötmasam bölmaydi. Buyuk Britaniya va Ğarb mamlakatlarining aksariyatida kompaniyalar özlarining biznes vazifalarini hal etiş maqsadida universitetlarga akademik yordam sörab murojaat qilişadi. Bu kabi amaliyotlar öta samarali usul sanaladi. 

Mazkur hamkorliklar doirasida universitetlar öqituvçilarning ilmiy rahbarligi ostida öz bitiruvçilari hamda talabalarini kompaniyalar oldida turgan muammolarni örganiş va hal etiş uçun yuborişadi. Mazkur loyihalardan birida menga yetakçilik maqomi nasib etgandi. Berilgan vazifani u qadar qiyin, deb bölmasada, kerakli javoblarni topişim uçun juda köp ma'lumotlarni axtarişimga töğri keldi. Loyiha doirasida kompaniya rahbariyati, xodimlari hamda ularning asosiy hamkorlaridan intervyular oliş, biznes jarayonlarni örganiş, yeçimlarning yöllarini taklif etiş va tatbiq qiliş, hisobotlar tayyorlaşim lozim böldi.

Bir tekis ketayotgan kunlarimning birida meni tösatdan boş ijroçi direktor huzuriga taklif qilişdi. Öşa vaqtga borib özimizga topşirilgan loyihani muvaffaqiyatli topşirib bölganimiz sababli taklif men uçun ğayrioddiy tuyular edi. Barçasi kutilganidek yaxşi ötgan, ayniqsa bunday yuqori darajadagi rahbarlarda işimizga qandaydir savollarga örin qolmagan deb bilar edim. 

Meni sut qöşilgan maşhur ingliz çoyi va qaymoqli şirinliklar bilan qarşi olgan (men esa talaba sifatida bunday siylovdan voz keçmasligim aniq edi) kompaniya direktori bölajak rejalarim bilan qiziqa boşladi. Men unga yölimga köz tikib ötirgan ota-onam, oilam va yaqinlarim oldiga, vatanimga qaytişimni aytdim. Öşa kuzda öğlim Umid Hoşimov 2 yoşga tölganini ham qöşimça qildim.