Sport | 21:01 / 26.09.2017
8118
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. «Paxtakor» chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Foto: Paxtakor matbuot xizmati

O‘zbekiston chempionatining 19-turida qoldirilgan eng so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Paxtakor» Muborakning «Mash'al» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Igor Sergeyev va Marko Simich tomonidan kiritilgan gollar evaziga toshkentliklar hisobda oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Sardor Abduraimov farqni bittaga qisqartirgandi. Biroq o‘yin so‘ngiga yaqin Gidi Kanyuk tomonidan kiritilgan gol yakunda «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» o‘z ochkolari sonini 41taga yetkazib oldi va «Nasaf» bilan 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. «Mash'al» esa ikkinchi davradagi ilk mag‘lubiyatini tan olib, 34 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan.

Oliy liga, 19-turning qoldirilgan uchrashuvi

«Paxtakor» – «Mash'al» 3:1  (2:0).

Gollar: Igor Sergeyev (12), Marko Simich (38), Gidi Kanyuk 86) — Sardor Abduraimov (53). 
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich (s), Sherzod A'zamov, Xojiakbar Alijonov, Azim Ahmedov (Jamshid Yusupov, 75), Akbar Ismatullayev, Tiago Bezerra, Suhrob Nurulloyev (Doston Ibrohimov, 81), Gidi Kanyuk, Igor Sergeyev.
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Asil Begimqulov, Sardor Rahmonov, Abbos Shodmonov (Mirzakamol Kamolov, 67), Avaz Agaliyev, Sardor Abduraimov, Abdulloh Olimov, Shahzod Shaymanov (Bobur Qosimov, 46), Kenja To‘rayev (Zafar To‘rayev, 77), Humoyun Murtazoyev.
Ogohlantirishlar: Begimqulov (28), Qosimov (49), Shoyqulov (66).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid