Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadagi masjidga o‘t qo‘yilgani taxmin qilinmoqda
Shvetsiyaning Erebru shahrida masjid yonib ketdi. SVT shu haqida xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:00 atrofida o‘t o‘chirish xizmatiga yong‘in haqida xabar kelib tushdi. Olov deyarli butun binoni qamrab olgandi, keyinroq uning tom qismi quladi. Qurbonlar va jarohat olganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Qutqaruv xizmati ofitserlarining so‘zlariga ko‘ra, ular olovning qo‘shni binolarga o‘tishining oldini olishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘z navbatida, politsiyachilar masjidga o‘t qo‘yishda gumon qilinayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan yigit qo‘lga olinganini ma'lum qilishdi. Uning ismi sharifi oshkor qilinmadi.
Masjidning kuzatuv kengashi raisi Jamol Lamhamdiy bu ibodatchilar uchun qayg‘uli kun ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy musulmonlar jamiyati 20 mingga yaqin kishini tashkil qiladi. Lamhamdiy shuningdek bundan avval masjid rahbariyatiga turli tahdidlar bo‘lganini yodga oldi.
Erebru — Shvetsiya markazidagi shahar. Uning aholisi 130 ming kishini tashkil qiladi.
2014 yil oxiri-2015 yil boshida Shvetsiya bo‘ylab masjidlarga o‘t qo‘yish holatlari avj olgan. Jumladan, Upsala, Eslev va Eskilstuna shaharlarida shunday holatlar qayd etilgan.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026