Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR hukumati Trampning xatti-harakatini tahlil qilmoqchi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning Pxenyanga nisbatan xatti-harakati va bayonotlarining asl mohiyatini tushunish uchun respublikachilar partiyasi bilan aloqalarga ega tahlilchilarni topish harakatida.
Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga asosan xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, ekspertlarni qidirish ikki davlat yetakchilarining harbiy yo‘nalishdagi bayonotlari kuchayib borishidan avval boshlangan.
«Ularning asosiy tashvishlari Tramp bilan bog‘liq. Ular uni tushuna olishmayapti», - deya manba so‘zlarini keltiradi nashr.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR vakillari bir necha kishini maslahatlashuvlar uchun uchrashishga taklif qilishgan. Xususan, ular orasida AQSh MRBning Koreya yarim oroli masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i sobiq o‘rinbosari Bryus Klingner bor. Biroq, u hamda boshqa ekspertlar uchrashuvdan voz kechishgan.
Avvalroq KXDR Trampning tahdidlari haqida “bizni itning vovullashi qo‘rqitmaydi”, deya javob bergandi.
Mavzuga oid
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025