Sport | 11:17 / 27.09.2017
24923
2 daqiqa o‘qiladi

Umid Ahmadjonov terma jamoa bilan 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan

Foto: KUN.UZ

27 sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi yangi prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimiga tayinlangandan keyin ilk marta jurnalistlar bilan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Anjumanda rahbar bilan birga O‘FF vitse-prezidenti Shoakram Isroilov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek O‘FF ijroqo‘mi a'zolari Rustam Qurbonov va Murod Aliyev qatnashdi.

Umid Ahmadjonov: — Bugun O‘FF saylov konferensiyasi o‘tganiga 15 kun bo‘ldi. 2018 yil va 2022 yil uchun rejalarni ishlab chiqdik. O‘FF katta o‘zgarishlar arafasida turibdi.

Birinchi navbatda qilishimiz lozim bo‘lgan ishlarni o‘zimiz uchun belgilab olganmiz. Bunda:
1. O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash. Bu borada ishlar hamon davom etmoqda.
2. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi jiddiy kurash olib boriladi. Bu borada ish olib boradigan yangi jamoa O‘FFda ish boshlamoqda.
3. Futboldagi tanish-bilishchilik, urug‘-aymoqchilikni yo‘qotish.
4. Futbolchilarni yoshartirish bilan bog‘liq turli qing‘irliklar oldini olish. Men tushunaman, kimdir sportchilar oilasidan bo‘lishi mumkin, bunday oilaning farzandlari ham iqtidorli bo‘lishi va arzirli futbolchilar bo‘lishi mumkin, ammo shunday holatlar borki, bu kabi holatlarini yo‘qotish kerak.
5. O‘FF shaffofligi uchun.
6. Oliy liga va birinchi ligani rivojlantirish.
7. JCh-2022ga chiqish, Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, futbolni ommalashtirish, Osiyodagi eng yaxshi federatsiyalardan biri bo‘lish.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid