Qayd etib ötiş joiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) jahon birinçiligida mukofot pullarini tölaşni 1982 yilga kelibgina joriy qilgan. Öşanda mukofot jamğarmasi 20 mln dollarni taşkil etib, uning 2,2 mlni ğolib Italiyaga nasib etgan.

100 mln dollarlik jamğarmaga yetişiş uçun FIFAga yana 16 yil kerak bölgan. 1998 yilgi jahon çempionatida jamoalar 106 mln dollarni bölib olişgan, çempion Fransiyaga 6 mln dollar tekkan. 150 mln dollarlik (çempionga — 8 mln) marraga 2002 yilda erişilgan, 2006 yilda esa FIFA 266 mln (ğolibga — 20 mln) mukofot jamğarmasi şakllantirişga muvaffaq böldi.

2010 yildan boşlab FIFA jahon çempionatida qatnaşayotgan milliy federatsiyalarga emas, futbolçilari qatnaşayotgan klublarga ham pul tölaşni yölga qöydi. Şuningdek, FIFA futbolçilarni jarohatlardan suğurta qilişga ham rozi böldi. Ya’ni, 2010 yildan boşlab FIFAning jahon çempionati iştirokçilarini mukofotlaş uçun xarajatlari uç qismga bölindi: öyinlar uçun mukofotlar, klublarga kompensatsiya va suğurta. Buning oqibatida 2010 yilda mukofot jamğarmasi 420 mln (ğolibga — 30 mln), 2014 yilda 576 mln (ğolibga — 35 mln), 2018 yilda 791 mln (ğolibga 38 mln) dollargaça ösdi. 2022 yilda esa FIFA 1 mlrd dollarlik marraga yetdi.

2022 yilda mukofot jamğarmasi milliy jamoalar örtasida qanday taqsimlanganiga e’tibor qaratsak, çempion Argentina yuqorida zikr etilganidek 42 mln dollarga ega çiqadi, finalçi Fransiya esa — 30 mln. Uçinçi örinni olgan Xorvatiyaga — 27 mln, yorqin öyin körsatib törtinçi bölgan Marokaş milliy jamoasiga — 25 mln dollar beriladi. Çorak finalning barça iştirokçilari 17 mlndan, nimçorak finalda çiqib ketganlar 13 mlndan, guruh bosqiçidan çiqa olmagan terma jamoalar esa 9 mln dollardan olişadi.