Argentinaning çempionligi bilan yakunlangan jahon çempionati finalidan söng ötkazilgan taqdirlaş marosimida bir qator nominatsiyalarda turnir sovrindorlari taqdirlandi.
Argentinaliklar sardori Lionel Messi turnirning eng yaxşi öyinçisiga atalgan - «Oltin töp»ga ega çiqdi. «PSJ»ning 35 yoşli forvardi 7 öyinda 7ta gol kiritib, 3ta golga assistentlik qildi.
Finalda het-trik qayd etib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxşi töpurariga aylangan Kilian Mbappe esa JÇ-2022ning «Oltin butsa»siga ega çiqdi.
Argentinaliklar safidagi Enso Fernandes – eng yaxşi yoş öyinçi, darvozabon Emilano Martines esa eng yaxşi posbon sifatida «Oltin qölqop»ga ega çiqdi. Turnirni çorakfinalda tark etgan Angliya esa «halol öyin» sovriniga ega çiqdi.
JÇ-2022 laureatlari:
«Oltin töp» — Lionel Messi (Argentina)
«Kumuş töp» — Kilian Mbappe (Fransiya)
«Bronza töp» — Luka Modriç (Xorvatiya)
«Oltin butsa» — Kilian Mbappe (Fransiya)
«Kumuş butsa» — Lionel Messi (Argentina)
«Bronza butsa» — Olive Jiru (Fransiya)
«Oltin qölqop» — Emiliano Martines (Argentina)
Eng yaxşi yoş futbolçi — Enso Fernandes (Argentina)
«Halol öyin» sovrini — Angliya milliy jamoasi.


















