Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Visa Card O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images
Shu yilning oktabr oyida Visa Card kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. XPK sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy banki boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov shu haqda ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda valyuta almashuv kurslarining bir xillashtirilishi va valyuta bozorining liberallashtirilishi Visa Card uchun yirik bozor eshiklarini ochmoqda. Shu bois kompaniya O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Xolmurodovning so‘zlariga ko‘ra, Visa Card delegatsiyasi 9 oktabr kuni amaliy tashrif bilan keladi. Ular bilan muzokaralarda Milliy bank va Visa Card o‘rtasida munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashiladi va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi hamda kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ishtiroki muhokama etiladi.
Mavzuga oid
17:48 / 29.11.2024
Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi
21:51 / 27.10.2022
Ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar “Milliybank”. Samarqandda fuqaro yemagan somsaga pul to‘lamoqda
16:43 / 30.09.2021
Milliy bank 10 milliard rubllik obligatsiyalar joylashtiradi
10:24 / 23.08.2020