Dunyoning yetakçi reyting agentliklaridan biri — Fitch Ratings 2020 yilning 19 avgustida «Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJga kredit reytinglarini taqdim etdi. «Milliy bank» şuningdek yana «Barqaror» prognozi ostida «BB-» uzoq muddatli reytingga ham munosib körilgan.
Agentlik mutaxassislari Özbekistondagi eng yirik bank bölgan «Milliy bank»ning tizimli ahamiyati, davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi, strategik roli va uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini moliyalaştirişdagi ahamiyatini ta'kidlamoqdalar. Şu bilan birga mamlakatdagi rivojlaniş loyihalari, kuçli mijozlar bazasi, aktivlarning sifati va kapitallaşuv jarayoni ham e'tirof etilgan.
Nufuzli agentlik tomonidan «Milliy bank»ka reyting berilişi bankning puxta tanlangan rivojlaniş strategiyasi, yetakçilik sifati va barqaror pozitsiyasini saqlab qola olişi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilişdagi qat'iy pozitsiyasi, taşqi savdo operatsiyalarini amalga oşirişda va şuningdek iqtisodiyotning strategik muhim sohalariga, xususan, davlat ahamiyatiga molik sohalarda bank xizmatlarini körsata oliş qobiliyatini tasdiqlaydi.
Ma'lumot uçun: Fitch Ratings — Moody’s va Standard & Poors qatorida uçta yetakçi xalqaro reyting agentliklaridan biridir. Agentlik 1913 yilda taşkil topgan bölib, ştab-kvartirasi Nyu-York ştatida (AQŞ) joylaşgan.
«Özmilliybank» AJ Matbuot xizmati









