Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir haftada 1637 nafar shaxsga nisbatan 362 mln. so‘m ma'muriy jarima qo‘llanildi
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 2525 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 888 nafar tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1637 nafar shaxsga nisbatan 362,2 million so‘m ma'muriy jarima qo‘llanildi.
Shu jumladan:
- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 311 nafar shaxsga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 465,8 million so‘m;
- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 22 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 16,4 million so‘m;
- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 154 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 23,1 million so‘m;
- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 108 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 16,1 million so‘m;
- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 87 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 13,1 million so‘m;
- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 42 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 31,4 million so‘m;
- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 682 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 102,1 million so‘m;
- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 9 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 13,5 million so‘m;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 222 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 99,7 million so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanildi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026