Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 11 kun ichida Osiyodagi 5 davlatga boradi
AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyo bo‘yicha birinchi turnesiga jo‘nab ketmoqda. Qo‘shma Shtatlar rahbari uning doirasida Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Vetnamga va Filippinga, shuningdek, Havayiga tashrif buyuradi. Oq uy matbuot xizmati tomonidan juma kuni e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, safar 3-14 noyabr kunlariga mo‘ljallangan.
Ta'kidlanishicha, «prezident bir qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlarda, jumladan, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (OTIH) sammiti hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida ishtirok etadi».
«Prezident Tramp Amerika xavfsizligi va farovonligi uchun erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi muhimligini muhokama qilish niyatida. U Amerika savdo sheriklari bilan adolatli va o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlar muhimligini ta'kidlaydi», - deyiladi bayonotda.
«Prezidentning uchrashuvlari xalqaro hamjamiyatning Shimoliy Koreyadan tahdidga qarshi kurashish va Koreya yarim orolining to‘la hamda qaytarilmas yadrosizlantirishga erishish bo‘yicha qat'iyatlarini kuchaytiradi», - deya qayd etdi Oq uy matbuot xizmati.