Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchisi: "Orol dengizi bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir"
Foto: KUN.UZ
Xalqaro Press-klubning 29 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi anjumanida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib, Orol muammosini ko‘targani o‘rinli bo‘lganini qayd etdi. Bu haqda KUN muxbiri xabar beradi.
"O‘zbekiston Prezidentining BMT minbaridan turib, Orol muammosini ko‘targani xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyatli bo‘ldi. Men o‘zim Orol dengiziga borib, u yerdagi achinarli holatni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib keldim. Orol dengizi bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir", - deya qayd etdi AQSh elchisi.
Shuningdek, Spratlen xonim so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi chog‘ida O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning izchil rivojlanishi, mamlakatdagi siyosiy faollikning oshishi, inson manfaatlarining himoyasi haqida ham to‘xtalib o‘tgani muhim ahamiyat kasb etdi. AQSh O‘zbekiston bilan barcha sohalarda keng qamrovli hamkorlikka umid qiladi.
"AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida 2,5 milliard dollar qiymatidagi bir qator hujjatlarning imzolanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shadi", dedi Pamela Spratlen xonim.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55 / 27.05.2026