15:42 / 30.09.2017
8556

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri iste'foga chiqdi, u yirik mojaroga aralashib qoldi

Foto: AP

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Tom Prays iste'foga chiqdi. U prezident Donald Trampga ariza yozgan, hamda davlat rahbari unga imzo chekkan.

Tom Praysning iste'foga chiqishidan sal oldin, u biznes-jyetlarda muntazam ravishda davlat hisobidan parvoz qilgani fosh etilgandi. Amaldor zarurat bo‘lmaganda ham samolyotlarni ijaraga olgan. U hattoki Vashingtondan Filadelfiya shahriga ham parvoz qilgan, vaholanki yo‘l poyezdda bir soatcha vaqtni oladi.

Samolyotlar ijarasi uchun 400 ming dollar sarflangan. Bundan tashqari, Tom Praysning harbiy samolyotdagi parvozlari 500 ming dollarga tushgan.

Tom Prays biznes-jyetlar uchun xarajatlarning bir qismini to‘lab berishga va'da qildi. Tramp amaldor xarajatlarning faqat bir qismini to‘lashga qaror qilganidan norozi.

«Tramp Praysni o‘zining ish kabinetida ikki soat davomida koyigan. Bu haqda manbalar xabar berdi», - deyiladi NYT xabarida.

2017 yil sentabr oyida harbiy samolyotlarda uchgani uchun AQSh moliya vaziri Stiven Mnachin tanqid ostiga olingandi. U go‘yoki quyosh tutilishini tomosha qilish uchun parvoz qilgan. Amaldor buni rad etgan.

Top