Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda deputat hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblanmoqda
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi prezident lavozimiga saylovlarda Omurbek Babanov mag‘lubiyatga uchragan holda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olishni tayyorlagan, parlament deputati Qanotbek Isayevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Amaldagi prezident Almazbek Atamboyevning prezidentliuk muddati joriy yilning 1 dekabrida yakuniga yetadi. Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, u prezidentlikka takroran nomzodini qo‘ya olmaydi. Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabrga belgilangan. Bugungi kunga kelib nomzodlar orasida 12 nafar nomzod qolmoqda. Mamlakatning sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov prezident partiyasidan nomzod bo‘lgan Sooronboy Jeenbekovning eng kuchli raqiblaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi "Isayev Babanovning tarafdori bo‘lib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishga qaratilgan faol harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha ba'zi shaxslar, jumladan uyushgan jinoyatchilik to‘dasi vakillari bilan til biriktirgan". Maxsus xizmatning ta'kidlashicha, Babanov tarafdorlari "keyinchalik ommaviy tartibsizliklar va qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketuvchi ig‘volar" tayyorlashgan.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
21:44 / 30.01.2026