O‘zbekiston hukumati fuqarolarning ekstremistlar safidan qaytishlariga ko‘maklashmoqda
O‘zbekiston hukumati radikallar va ekstremistlar safini tark etgan fuqarolariga tinch turmush tarziga qaytishga yordam bermoqda. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov bayonot berdi.
"Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda diniy ekstremizmning oldini olishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida adashib diniy-ekstremistik faoliyatga aralashib qolgan shaxslarni ogohlantirish, ularga qaytadan ishonch bildirish, tinch hayotga kechirishga qaytarish borasida har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda jamiyatda ushbu toifa kishilariga insoniy munosabatni shakllantirish yo‘lga qo‘yilmoqda", — degan Yusupov Moskva va Butun Rossiya patriarxi Kirill bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning natijasida 16 mingdan ortiq fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ro‘yxatidan chiqarilgan.
"Islom dinini niqob qilib olgan ekstremizm xalqaro miqyosda haqiqiy siyosiy harbiy kuchga aylanmoqda", — deb uqdirgan Yusupov. Uning aytishicha, respublikada ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha har yili dastur qabul qilinadi. Unda internet tarmog‘ida ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qarshi kurash va yoshlarni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, shuningdek, missionerlik faoliyatining oldini olish kabi vazifalar belgilanadi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024