Yilning eng yaxshi haq to‘lanuvchi televizion aktyorlari reytingi

Foto:Warner Bros. Television
Jim Parsons Forbes versiyasiga ko‘ra, 2017 yilning eng yuqori maosh to‘lanuvchi aktyorlari reytingida yetakchilik qildi. Ma'lum bo‘lishicha, televizion aktyorlar orasida "Katta portlash nazariyasi" va "Zamonaviy oila" aktyorlari eng ko‘p haq oladi.
Reytingga kirgan 10 nafar aktyor bir yilda 185 million dollar ishlab oldi. "Zamonaviy oila" (Modern Family) serialida o‘ynagan biryo‘la to‘rt aktyor ro‘yxatga kiritildi: Jyessi Teylor Fergyuson va Ed O'Nill 10- va 9-o‘rinlarni egallashdi, Erik Stounstrit 7-o‘rinni band etdi, Tay Barrell esa 6-o‘rinda qayd etildi.
"Kartali uy" serialidagi har bir epizod uchun 500 ming dollar haq oluvchi Kevin Speysi bir yilda 12 million dollar ishlab oldi va Ed O'Nill bilan reytingning 8-o‘rnini bo‘lishdi.

Aktyorlarning aksariyati bir yil ichida bir necha loyihada ishtirok etgan bo‘lsa, Kunala Nayyara faqat "Katta portlash nazariyasi" orqali pul topib keladi. Serialning bir qismi uchun 1 million dollar bir yilda 25 million dollar yig‘ilishiga olib kelib, aktyorni reytingning 4-o‘rniga olib chiqdi. "Katta portlash nazariyasi" va "Florens Foster Jyenkins"da 26 million dollar ishlab olgan Saymon Xelberg esa Nayyardan ham oshib ketdi. Ikkinchi o‘rin yana CBS sitkomiga nasib etdi: undan Jonni Galeki (26,5 million dollar) joy oldi.
Eng yuqori haq oluvchi aktyorlar reytingida "Katta portlash nazariyasi"da Sheldon Kuperning rolini ijro etgan Jim Parsons yetakchilik qilmoqda. Aktyor uchinchi yil ketma-ket shu ro‘yxatni boshqarib kelmoqda, hisobot davri (2016 yil iyunidan 2017 yilgacha)da uning ish haqi 27,5 million dollarni tashkil qildi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident
O‘zbekiston | 17:25
-
“Navoiyuran” London Stock Exchange’da 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiya Ukrainadagi eng yirik litiy konlaridan birini egalladi – OAV
Jahon | 16:48
-
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi
Jahon | 16:33
Mavzuga oid

15:47
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025
Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi

21:13 / 17.06.2025