Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi
Joriy yilning 4-7 oktabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida qozoq boks maktabi asoschisi Shokir Bultekul xotirasiga bag‘ishlangan X xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari mazkur musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketishdi, deb yozmoqda Sports.uz.
Turnir boshlangunga qadar o‘zbekistonlik bokschilar tayyorgarlikni o‘sha yerda davom ettirishadi.
Jamoa ushbu turnirda to‘liq tarkib – 10 nafar bokschi bilan ishtirok etadi. To‘lqin Qilichev va Rustam Saidov murabbiylar shtabidan o‘rin olgan, Bekjon Yusupov esa hakam sifatida ishlaydi.
To‘liq tarkib bilan tanishing:
49 kg – Mironshoh Ibrohimov
52 kg – Foziljon Abdumurodov
56 kg – Murodjon Ahmadaliyev
60 kg – Elnur Abduraimov
64 kg – Otabek Xolmatov
69 kg – Odiljon Aslonov
75 kg – Isroil Madrimov
81 kg – Madiyar Saidrahimov
91 kg – Sanjar Tursunov
+91 kg – Bahodir Jalolov
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026