Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDR bilan muloqotga urinishni vaqtni behuda sarflash deb baholamoqda
Foto: AP / Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, davlat kotibi Reks Tillerson KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralarga kirishish borasida vaqtini sarflamoqda, xolos. Tramp Twitter sahifasida shu haqda yozdi.
Amerika yetakchisi Shimoliy Koreya yetakchisini yana bir karra «raketa inson» deb atadi. Trampning qayd etishicha, AQSh alaloqibat «qilishi lozim bo‘lgan ishni amalga oshiradi».
«Men bizning ajoyib davlat kotibimiz Reks Tillersonga aytdimki, u «kichik raketa inson» muloqotga kirishish uchun behuda vaqt ketkazayapti. Kuchingni asra, Reks — biz nima qilishimiz kerak bo‘lsa, o‘shani amalga oshiramiz», — deb yozgan Amerika prezidenti.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026