Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi ko‘cha va xiyobon ochilish arafasida
Yangi o‘quv yilidan boshlab, Andijon shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf maktabi ish boshladi. Muassasa ona tili va adabiyoti faniga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, hozir u yerda 150 nafar iqtidorli o‘quvchilar ta'lim olmoqda.


Ta'lim dargohi yonida shoir nomidagi ko‘cha va xiyobon qurilishi amalga oshirilmoqda. Hozirda qurilish yakunlanib, navbat so‘nggi ta'mirlash ishlariga kelgan. Kuni kecha xiyobon markaziga shoirning byusti o‘rnatildi. Zamonaviy va milliy arxitektura an'analari asosida bunyod etilayotgan xiyobon, aholi hamda shaharga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun ajoyib maskanga aylanadi


Shu yilning 25 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish to‘g‘risida”gi 539-sonli qarori qabul qilingan edi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026