Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonadagi mitinglarda 700 ming kishi ishtirok etdi
3 oktabr kuni Barselonada o‘tkazilgan tinch namoyishlar vaqtida ko‘chalarga 700 ming kishi chiqdi. Bu haqda shahar gvardiyasi (Barselona politsiyasi) ma'lumot bergan.
"Kunning ikkinchi yarmida butun Barselona bo‘ylab uyushtirilgan mitinglarda 700 ming kishi qatnashdi", — deyilgan politsiya ma'lumotida.
Seshanba kuni Kataloniyada "yalpi ish tashlash" o‘tkazildi. Bu tadbirlar Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi uchun harakat qilayotgan milliy tashkilotlar — Omnium Cultural va Kataloniya milliy assambleya tomonidan tashkil qilindi, — shuningdek, hududiy kasaba-uyushmalari ispan politsiyasining 1 oktabr kungi referendum chog‘ida ishlatgan zo‘ravonliklariga qarshi norozilikni ifoda etuvchi ushbu tadbirlarga qo‘shildi.
Barselonada 3 oktabr kuni ikki marta, soat 12.00 va soat 18.00da yirik mitinglar bo‘lib o‘tdi, ikki safar ham kishilar Barselona Universiteti oldidagi maydonda to‘planishdi.
Bundan avvalroq Kataloniya milliy assambleyasi shu kuni ko‘chalarga "yuz minglab kishi" chiqqani haqida ma'lum qilgandi.
Yalpi ish tashlash kunida hududda ko‘plab korxonalar faoliyatini to‘xtatdi, do‘konlar ishlamadi, jamoat transportlari faqat bir necha soat xizmat ko‘rsatdi, shuningdek, portlar ishchilari ishga chiqmadi. Namoyishchilar 60ta avtomobil trassasini to‘sib qo‘yishdi.
Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmaydigan, o‘tkazilguniga qadar Konstitutsiyaviy sud tomonidan muzlatilgan referendum Kataloniyada o‘tgan yakshanba kuni tashkillashtirilgandi. Ba'zi bir saylov uchastkalarida politsiya va saylovchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, har ikki tomondan jabrlanganlar bor.
Ispaniya hukumati Kataloniyadagi hokimiyatni norozilik namoyishlari chog‘ida jabrlanganlar haqida noxolis axborot tarqatayotganlikda ayblagan.
Bundan oldinroq Ispaniya qiroli Felipe VI xalqqa murojaatida Kataloniya hukumati noqonuniy referendum o‘tkazish orqali "Ispaniya birligini parchalashga qaratilgan harakatlar" sodir etganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026