«Kataloniya Ispaniya tarkibida qoladi», deya ta'kidlagan mamlakat qiroli Felipe VI. Bu haqida RIA Novosti xabar bergan.
«Biz demokratik prinsiplarimizga rioya qilişimiz lozim. Şu tariqa, kelgusida yanada yaxşiroq böluvçi Ispaniya tarkibida Kataloniya ham bölişini istaymiz», — degan qirol millatga qilgan murojaati çoğida.
Qirolning fikriça, Kataloniya hokimiyatining referendum bilan boğliq xatti-harakatlari noqonuniy.
«Biz Kataloniya Jyeneralitetining noqonuniy harakatlariga guvoh böldik», — degan qirol öz murojaatida.
Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmaydigan, ötkazilguniga qadar Konstitutsiyaviy sud tomonidan muzlatilgan referendum Kataloniyada ötgan yakşanba kuni taşkillaştirilgandi. Ba'zi bir saylov uçastkalarida politsiya va saylovçilar örtasida töqnaşuvlar bölib ötgan, har ikki tomondan jabrlanganlar bor.
Ispaniya hukumati Kataloniyadagi hokimiyatni norozilik namoyişlari çoğida jabrlanganlar haqida noxolis axborot tarqatayotganlikda ayblagan.












