Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bunaqasi hali bo‘lmagan! MuradBuildings'dan eng yaqin do‘stlar uchun Do’stlar turar-joy kompleksi
"Do‘st bilan obod uying" deydi xalqimiz. Do‘stlar - bizning ko‘ngilga yaqin insonlarimiz, sirdoshlarimiz. Ular bilan qancha suhbatlashsak ham to‘ymaymiz. Ba'zan "qani endi hammamiz bir joyda yashasak edi" deb o‘ylab qolamiz. MuradBuildings ana shunday ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda - Toshkent shahrida orzularimizdagi o‘ta zamonaviy "kelajak uyi" qad rostladi! Do’stlar turar-joy kompleksi - poytaxtimizdagi eng noyob va shu bilan birga qulay turar-joy komplekslaridan biri.
Sakkiz qavatli binoning tuzilishi juda originalligi bilan ajralib turadi, unda 48 kvartira mavjud. Har bir qavatning yashil o‘simliklar bilan bezatilgani-ku alohida tahsinga sazovor!
Do`stlar turar-joy kompleksining dizayni qanchalik qunt bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lsa, uning joylashuvi ham shunga muvofiqdir. Do`stlar Yunusobod tumanining Markaz-5 massivida qad ko‘targan. Bu yerda do‘konlar, bolalar muassasalari, ko‘ngilochar maskanlar talaygina. Yam-yashil daraxtzor bilan o‘ralgan Do`stlar turar-joy kompleksida shaharning shiddatidan, shovqin-suronidan dam olish mumkin.
Turar-joy kompleksi yashash uchun barcha qulayliklar bilan ta'minlangan. Uyning tom qismida yozgi va qishki terassalar, bolalar maydonchasi, shuningdek barbekyu va kichik choyxonaga mo‘ljallangan maydon mavjud. Do`stlar'ning hovlisida ham bolalar va kattalarning hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratilgan.
Turar-joy kompleksining eng o‘ziga xos jihatlaridan biri uning "nafas olishi"da, havo o‘tkazishidadir. Germaniyada maxsus tayyorlangan deraza oynalarining yuqori sifatiga esa shubha yo‘q.
MuradBuildings jamoasining barcha obektlari kabi Do`stlar kompleksi ham yong‘in signalizatsiyasi va xavfsizlik tizimi bilan ta'minlangan. To‘siqlar bilan o‘ralgan turar-joy kompleksi kun-u tun qo‘riqchilar nazorati ostidadir.
Demak, qulay joylashuv, innovatsion dizayn, keng xonalar, go‘zal shahar manzarasi, yuqori sifatli qurilish materiallari va dam olish maydonchalari Do`stlar turar-joy kompleksini Toshkentning eng zamonaviy va qulay yashash joylaridan biriga aylantiradi. Bu yerda do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan hayotingizdagi eng baxtli onlaringizni o‘tkazasiz.
Orzularingiz orzuligicha qolib ketishiga yo‘l qo‘ymang, hozirning o‘zidanoq ularni ro‘yobga chiqarishga kirishing!
Sayt: MuradBuildings
Telefon: +998 (71) 200-88-22
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025