Jahon | 23:05 / 05.10.2017
4740
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an keyingi hafta boshida Ukrainaga tashrif buyuradi

Foto: kremlin.ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktabr, dushanba kuni Ukrainaga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda Turkiyaning TRT telekanali xabar bermoqda. Erdo‘g‘an oliy darajadagi Turkiya-Ukraina strategik kengashi uchrashuvida ishtirok etadi.     

Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an va uning ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko raisligida Kiyevda o‘tadigan yig‘ilishda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Erdo‘g‘anning Kiyevda Ukraina parlamenti spikeri Andrey Parubiy va Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an keyinroq turk diasporasi vakillarini qabul qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid