Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning 90 foizi terrorchilardan ozod etilgani, biroq ular Pokistonga o‘tayotgani aytildi
Suriya hududi hozirgi kunda 90 foizga terrorchilik guruhlaridan ozod etildi. Bu haqda MDH ishtirokchi davlatlari Terrorchilikka qarshi markazi (TQM) rahbari, general-polkovnik Andrey Novikov "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Harbiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bugun Suriya Arab Respublikasi hududining 90 foizi terrorchilik guruhlaridan ozod qilingan, bu juda muhim ijobiy natija", - dedi u.
Shuningdek, Novikovning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyada mag‘lubiyatga uchrab, Pokistonning Vaziriston viloyatiga ommaviy ravishda ko‘chib o‘tmoqda.
"2016 yilning kuzidan IShIDning Suriya hamda Iroqdagi jangarilarining katta qismi Vaziriston (Pokiston) hududiga, qayta taqsimlash bilan ko‘chirilmoqda. Boshqacha aytganda, bir tomondan Suriyada harbiy-siyosiy vazifalarni hal etish jismoniy darajada qurolli radikallar sonini kamaytirmoqda. Boshqa tomondan, bu IShIDni nafaqat taktikani, balki yaqinlashib kelayotgan faollik geografiyasini ham o‘zgartirishga majburlamoqda", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi qurolli mojaro 2011 yil mart oyidan beri davom etmoqda. Suriya inqirozini hal qilish bo‘yicha muzokaralar Ostona va Jyenevada o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:17 / 04.02.2026
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonda bo‘ladi
11:06 / 03.02.2026
O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha talablar belgilandi
11:19 / 02.02.2026
O‘zbekiston Pokiston portlari orqali yuzlab portlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri dengiz aloqasini yo‘lga qo‘ydi
10:04 / 31.01.2026