Jahon | 23:30 / 06.10.2017
7127
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Maduro tarafini oldi

Foto:aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Venesuelaga tashqaridan bosim o‘tkazilishiga qarshi ekanini bildirdi. U ushbu mamlakatga har qanday yordam berishni ko‘rsatishga tayyorligi haqida bayonot berdi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu agentligi xabar qilmoqda.

Erdo‘g‘an Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday davlatning ichki ishlariga aralashish noto‘g‘ri va bu qoida diplomatiya hamda tashqi siyosat negizida yotadi. 

«Turkiyaning ishonchi komilki, xalq irodasidan kuchliroq kuch yo‘q, tashqaridan aralashish esa, ko‘p hollarda muammoni chuqurlashtiradi», — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya yetakchisi Venesueladagi so‘nggi muammolar tinch, muloqot va kelishuv asosida ijobiy hal etilishiga ishonch bildirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid