Jahon | 22:00 / 06.10.2017
6112
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Venesuelada masjid barpo etadi

Foto: AFP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuvi ijobiy ruhda kechgan. Unda ikki davlat rahbarlari energetika va savdo masalalariga doir mavzularni muhokama qilishgan. Bu haqda Daily Sabah gazetasi yozmoqda.

Maduro bilan Anqarada tashkil etilgan qo‘shma matbuot anjumanida ishtirok etgan Erdo‘g‘anning aytishicha, Venesuela bilan aloqalar madaniy sohalarda ham mustahkamlanayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, Maduroning so‘roviga muvofiq, Turkiya Karakasda masjid barpo etadi. 

Maduroning 6 oktabrdagi Turkiyaga tashrifi AQShning ushbu Janubiy Amerika mamlakatiga sanksiyalar qo‘llaganidan so‘ng amalga oshmoqda. Ayni vaqtda Venesuela siyosiy inqiroz barobarida 3 sonli inflyatsiya darajasi va qashshoqlikning keng tarqalishi kabi muammolarga duch kelmoqda. 

Maduro Turkiyaga safaridan avval Rossiya hamda Belorussiyaga ham bordi va sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid