Yo‘lovchilardan biri temiryo‘l kesishmasida ogohlantirish belgilari bo‘lmaganini aytdi

Foto: RBK
Vladimir viloyati Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasidagi Pokrov bekati navbatchi avtobus haydovchisini poyezd yaqinlashayotgani haqida xabardor qilmagandi. Bu haqda Vladimir viloyati gubernatori Svetlana Orlovaga to‘qnashuvdan omon qolgan yo‘lovchilardan biri xabar qilgan.
«Temir yo‘l xizmatchisi hech qanday belgi o‘rnatmagandi. Hech kim avtobus poyezd yo‘liga tushib qolganidan ogohlantirmadi. Navbatchi to‘qnashuv ro‘y berganidan keyingina o‘z xonasidan chiqdi», degan yo‘lovchilardan biri.
Avtobus kesishma ustida o‘chib qolgan. Poyezd mashinisti yo‘ldagi avtobusni ko‘rgach, favqulodda to‘xtashni qo‘llashga uringan, ammo sostavni to‘xtata olmagan. O‘rtadagi masofa qisqalik qilgan, soatiga 90 km tezlikda harakatlangan poyezd to‘xtashi uchun 746 m masofani o‘tish kerak edi, ammo mashinist tormozni bosganida o‘rtadagi masofa 400 metrni tashkil etardi.
Halokatga uchragan avtobusda 58 kishi bo‘lgan, shundan 56 nafari O‘zbekiston fuqarolari. To‘qnashuv oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 21 kishi halok bo‘lgan, shundan 19 nafari o‘zbekistonlik. Shuningdek, yana ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusdan chiqishga ulgurganlar omon qolgan.
Ushbu hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Jinoyat ishi Rossiya Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qismi («temiryo‘l, havo, dengiz va ichki suv transporti va metropoliten harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarini buzish») alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha ayblanuvchilar uzog‘i bilan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Isroil vazirlar mahkamasi "Shabak" maxsus xizmati rahbarini ishdan bo‘shatishni ma’qulladi
Jahon | 10:32
-
“Bu kutilayotgan hibs edi” - tahlilchilar Imomo‘g‘lining qo‘lga olinishi haqida
Jahon | 10:25
-
Orban YeIning barcha 27 davlatining Ukraina bo‘yicha deklaratsiyasini blokladi
Jahon | 09:59
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024