Surxondaryoda kelin qaynonasini o‘ldirib, kiyimlarini tandirda yoqib yuborgan
Joriy yilda O‘zbekiston bo‘ylab qasddan badanga tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 22,8 foizi (767 jinoyat) oilaviy kelishmovchiliklar sababli sodir etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Azizbek Ikromov OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida xabar qildi.
2017 yilning o‘tgan davri mobaynida respublikada sodir etilgan qotillik va suiqasd qilish jinoyatlarining 35,8 foizi turmushdagi kelishmovchiliklar, nizolar natijasida sodir etilgan. Ulardan 80taga yaqin jinoyat qarindoshiga, 43tasi er tomonidan xotiniga, 8tasi xotin tomonidan eriga, 4tasi qo‘shnisiga nisbatan sodir etilgan.
«Aniq raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, jinoyatlar ichida 332ta qarindoshiga, 207ta er tomonidan rafiqasiga, 67ta qo‘shnisiga, 31tasi aka-ukalarning bir-biriga qasddan jarohat yetkazish holati kuzatilgan. Shu yilning may oyida Zangiota tumanida yashovchi fuqaro xotiniga pichoq uraman deb, profilaktika xodimiga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Tezkor yordamlar natijasida xodimimizning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Mana shunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda oila kattalarining o‘rni, mahalla fuqarolar yig‘inlarining e'tibori, qo‘shnilarning ahilligi muhim rol o‘ynaydi», deydi polkovnik Azizbek Ikromov.
Oilaviy nizolar natijasida kelib chiqqan yana bir mudhish hodisalardan biri Surxondaryo viloyatida sodir etilgan. Joriy yilning 9 sentabr kuni soat 12:00da fuqaro Yunusova qaynonasi Isroilova bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli janjallashib qoladi va kelin qaynonasini oshxonada itarib yuboradi. Og‘ir tan jarohati olgan qaynonaning yerda jon talashib yotganini ko‘rgan kelin uni o‘ldirib, qonga belangan ko‘ylak va ro‘molni yo‘qotish maqsadida tandirda yoqib yuborgan.
Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunda fuqarolarga nisbatan jinoyatlar sodir etib, jazodan qochib yurgan 849 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, bundan bir necha yillar muqaddam sodir etilgan 559ta jinoyatni fosh etishga erishildi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024