Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Tramp va Kim Chen Inga chaqiriq bilan chiqdi
Bugun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) rahbari Beatris Fin AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish tahdididan voz kechish bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Beatris Fin Tramp va Kim Chen Inga qanday murojaat bilan chiqishi mumkin ekani haqidagi savolga javob qaytarib, shunday dedi: "Yadro quroli noqonuniy hisoblanadi. Yadro quroliga ega bo‘lish noqonuniy. Yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha tahdidlar qonunga zid. Yadro quroliga ega bo‘lish, yadroviy qurollarni yanada rivojlantirish noqonuniy, bu ishlarni to‘xtatish kerak".
ICAN yadro qurolini taqiqlashni qo‘llab-quvvatlovchi 100 dan ortiq mamlakatning o‘ziga xos koalitsiyasidir.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026