Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an keyingi haftada Serbiyaga safar uyushtiradi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9-11 oktabr kunlari Serbiyaga rasmiy tashrif amalga oshiradi. Bu haqda Erdo‘g‘an matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaga tashrifi tugagach, 9-11 oktabr kunlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich taklifi bilan Serbiyaga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif vaqtida ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha turli kelishuvlar imzolanadi, Turkiya-Serbiya ishbilarmon forumi bo‘lib o‘tadi", deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va parlament raisi Mayya Goykovich bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda Novi-Pazar shahriga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026