TIV Vladimirda qolgan o‘zbekistonliklar haqida ma'lumot berdi

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi 7 oktabr, Moskva vaqti bilan soat 20.00 holatiga ko‘ra Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 17 kishi halok bo‘lgani haqida rasman ma'lumot berdi. Ulardan 15 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 1 nafari Qozog‘iston fuqarosi, yana bir kishining shaxsi aniqlanmagan.
3 nafar o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizilgan, 36 kishi yengil tan jarohati olgan.
«Halok bo‘lganlardan 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari jasadlari aniqlashtirildi. Jumladan 7 oktabr kuni 29.08.1997 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan Mirzoyev Mirshod Mirjon o‘g‘li jasadi aniqlashtirildi.
Rossiyaning tegishli organlari yana bir jasad shaxsini va fuqaroligini aniqlash ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirliklarining o‘zaro kelishilgan qaroriga ko‘ra mamlakatimizning uch nafar fuqarosi (og‘ir ahvoldagi 2 voyaga yetgan kishi va 1 yosh bola) sog‘aytirish uchun Vladimir viloyatining klinik shifoxonasida qoldirildi. Ularni davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
8 oktabrga o‘tar kechasi avariyaga uchragan 36 fuqaro va 15 ta jasad bilan O‘zbekiston maxsus samolyoti Jukovskiy aeroportidan uchib ketdi va Termiz shahriga yetib keldi.
8 oktabr tongida halok bo‘lganlarning jasadlari va jarohatlanganlar Termiz, Andijon va Buxoro shaharlariga yetkazildi», deyiladi TIV xabarida.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
Jamiyat | 13:22
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
-
Yamanga hujum, Ilon Maskka qarshi namoyishlar va armiya Bosh shtabi rahbarini almashtirgan Ukraina - kun dayjesti
Jahon | 13:14
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024