Jahon | 08:03 / 09.10.2017
4365
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh yaqinida rohingya qochqinlari bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi

Foto: © AP Photo / Bernat Armangue

Bangladesh yaqinida rohingya qochqinlari bo‘lgan qayiq cho‘kib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Bdnews24 portali xabar bermoqda.   

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, falokat 8 oktabrda Bangladesh va Myanma o‘rtasidagi chegarada joylashgan Naf daryosida sodir bo‘lgan.  

"Qayiq birdan turgan shamol sababli ag‘darilib ketgan. Kamida 30 nafar rohingya qochqini bedarak yo‘qolgan", deb ma'lum qildi Bangladesh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati vakili Orif ul-Islom.

Uning aytishicha, qayiqda kamida 40 kishi bo‘lgan, 8 kishi tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda Myanmadan Bangladeshga o‘tgan rohingya qochqinlari 800 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid