Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya YeI bilan Brexit muzokaralarining 5-bosqichini boshlaydi
Foto: AP
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey YeI bilan Brexit shartlariga doir muzokaralarda ijobiy natijaga erishishga ishonmoqda. Bugun, 9 oktabrda Bryusselda muzokaralarning beshinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda u dushanba kuni Britaniya parlamentining umumpalatasida nutq so‘zlaganida e'lon qiladi. Bosh vazir nutqining ayrim qismlari TASS agentligiga Mey kotibiyati tomonidan kelib tushgan.
Britaniya bosh vaziri London Bryussel bilan "muzokaralarning keyingi bosqichini sabrsizlik bilan kutayotganini" bildiradi. Bunda u "to‘p YeI tomonida" ekanini ta'kidlaydi.
Gap muzokaralarning ikkinchi bosqichiga o‘tish haqida bormoqda. Unda Buyuk Britaniya va YeIning kelgusi munosabatlari shakli, xususan savdo sohasidagi hamkorligi muhokama qilinadi. London bu bosqichni imkon qadar tezroq boshlashni xohlamoqda, Bryussel esa, buning uchun vaqt kelmaganini aytmoqda.
Shunga qaramay, Mey ko‘tarinki kayfiyatda. U YeIdan ijobiyjavob olishga ishonmoqda.
"Mustaqil Birlashgan qirollik va kuchli hamda muvaffaqiyatli YeI bilan yangi, chuqur va o‘ziga xos hamkorlik bizning maqsadimiz va yevropalik do‘stlarimizga taklifimizdir", - deb hisoblaydi Mey.
Shu bilan bir qatorda Mey muzokaralar "har doim ham silliq o‘tmasligini" tan olmoqda, biroq, uning fikricha, "do‘stlik va hamkorlik ruhi" yakuniy ijobiy natijaga olib keladi.
Mavzuga oid
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
16:05 / 20.12.2025