Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«AQShda kuzatilgan qallobliklar bo‘lmaydi» - Atamboyev to‘xtamayapti
Foto: President.kg
«Qirg‘izistondagi saylovlarda AQShda kuzatilgan qallobliklar bo‘lmaydi», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston Respublikasi rahbari Almazbek Atamboyev Time jurnaliga bergan intervyusida prezident sifatida o‘zidan keyin qanday meros qoldirishi haqida gapirib.
«Birinchidan, biz mamlakatda tinchlik, birdamlik va barqarorlikka erishdik. Ikkinchidan, xalqning kayfiyatini ko‘tardik hamda kelajakka umid uyg‘otdik. Eng asosiysi – insonlarni kelajakni o‘zlari qurishlari kerak ekaniga ishontirdik. Biz buning uchun butunlay halol saylovlar o‘tkazilishiga erishdik. Saylovlar fuqarolarning biometrik ma'lumotlarini tekshirgan holda o‘tkazilmoqda. Qirg‘izistondagi saylovlarda AQShdagi kabi qallobliklar imkonsizdir», - deya ta'kidlab o‘tgan preziyent.
«So‘nggi bir necha yil ichida amaldorlar va rasmiylar jamoatchilik fikrini hurmat qilish hamda unga quloq tutishni, hattoki undan qo‘rqishni boshladilar. U Qirg‘izistonda muhim o‘rin tutmoqda. Bu mening orzum edi: hokimiyat vakillari va amaldorlarni xalq fikrini e'tiborga olish, uni hurmat qilish va undan qo‘rqishga majburlash», - degan Atamboyev.
Atamboyevning fikricha, prezidentligi vaqtidagi eng asosiy yutuq – erkin insonlar mamlakatining yaratilishidir. «Bu men maqtanishim mumkin bo‘lgan yutuqlardan biri. Endilikda, Qirg‘iziston fuqarolari taqdirlari, kelajaklari o‘z qo‘llarida ekanligini bilishmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi QR rahbari.
Mavzuga oid
07:29
Atom aviatashuvchilariga ega davlatlar: jahon xaritasi
22:26 / 03.02.2026
Tramp Harvarddan milliard dollar «tovon puli» talab qildi
22:20 / 03.02.2026
“AQSh elitasiga ham ichki, ham tashqi ishonchsizlik ortyapti” - tahlilchilar Epshteyn ishi haqida
21:43 / 03.02.2026