Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari dunyodagi vaziyatni oxirgi 40 yil ichidagi eng murakkabi deb atadi
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis 9 oktabrda hozirgi xalqaro vaziyatni oxirgi 40 yil ichidagi "eng murakkabi va jiddiysi" deb atadi. U bu haqda Vashingtondagi harbiy ko‘rgazmada aytib o‘tdi.
"Hozirgi xalqaro vaziyat mening AQSh qurolli kuchlaridagi 40 yildan ko‘proq xizmatim davomidagi eng murakkabi va jiddiysi hisoblanadi. Yaqin Sharqda terrorchilar katta yo‘qotishlarga qaramasdan qotilliklarni sodir etishni va parokandalik keltirishni davom ettirmoqdalar", deb aytgan Mettis.
Mettis, shuningdek, Eronni Yaqin Sharqdagi terrorchilik homiysi deb atadi va Eronni "izdan chiqaruvchi inqilobiy tuzum" boshqarayotganini aytdi. "Yevropada Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marotaba milliy chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmoqda, chunki bir davlat qo‘shnilarining iqtisodiyot, diplomatiya va xavfsizlik sohalarida qarorlar qabul qilish huquqlarini cheklash maqsadida xalqaro me'yorlarni rad etishga tayyorligini ko‘rsatdi", deb aytmoqda Mettis.
U, shuningdek, Shimoliy Koreyaning Tinch okeanidagi ig‘vogar harakatlari mintaqadagi davlatlar va hattoki butun sayyoraga xavf solishini ta'kidlab o‘tdi.
"Mudofaa vazirligimiz va ittifoqchilarimiz shunday voqelikka duch kelmoqda va bizda zamonaviy sinovlarga javob bera oladigan qurolli kuchlar bo‘lishi lozim", deb aytgan Mettis.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026