Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sindika»dagi yong‘indan so‘ng 6 nafar o‘zbekistonlik yo‘qolgani haqidagi ma'lumot hozircha tasdiqlanmadi
Ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko‘ra, Moskva viloyatidagi «Sindika» qurilish bozoridagi yong‘indan so‘ng 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu xabarni tekshirish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli bo‘linmasi bilan bog‘langan.
2017 yil 10 oktabr Moskva vaqti bilan soat 9.00da Rossiya tomoni yuqorida qayd etilgan yong‘inda O‘zbekistonning yo‘qolgan yoki yaralangan fuqarolari haqidagi ma'lumotga ega emas.
Ushbu masala elchixona Konsullik boshqarmasining doimiy nazoratiga olingan.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026