Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Turkiya hamkorlik haqida bir qator kelishuvlar imzoladi
Ukraina va Turkiya hamkorlik haqida bir kator kelishuvlar, jumladan 2017-2019 yillar uchun ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktabrda Kiyevga rasmiy tashrif bilan keldi va ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan uchrashdi.
Matbuot-xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, shuningdek, Ukraina diplomatik akademiyasi va Turkiya diplomatik akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi, o‘zaro ko‘mak va investitsiyalarni himoyalash haqidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish kelishuvi, ikki karra soliq solishdan qochish hamda mol-mulk va daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish haqidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hukumatlar o‘rtasidagi bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026