13:20 / 10.10.2017
9668

O‘zbekiston chegarachilari 1,9 mlrd. so‘mdan ziyod kontrabandani aniqlashdi

O‘zbekiston chegarachilari joriy yilning sentabr oyida davlat chegarasini buzgan 126 shaxs va 1,9 mlrd. so‘mlik turli kontrabanda mahsulotlarini qo‘lga olishdi», - deya xabar berdi Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha Qo‘mita vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qoidabuzarlarning asosiy qismi Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegarada aniqlangan – 62 hamda 54 kishi. Qo‘lga olingan shaxslarning qolgan qismi Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegara hissasiga to‘g‘ri keldi – 8 hamda 2. Turkmaniston bilan chegarada bunday qoidabuzarlik ro‘yxatga olinmagan.

"Chegarachilar O‘zbekiston chegarasi orqali 1,91 milliard so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklarni olib o‘tish bo‘yicha bir necha yirik harakatlarga chek qo‘yishdi. Tovarlar orasida asosan dorilar, maishiy texnika va rangli metall bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxslar hamda tovarlarning asosiy qismi Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegaraga to‘g‘ri keladi", - deya ta'kidlab o‘tdi MXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha Qo‘mitasi vakili.

Noqonuniy tarzda olib kirilishga harakat qilingan dori vositalarining eng yirik partiyasi 9 sentabrda Qirg‘iziston bilan chegarada, Namangan viloyati Chortoq tumanining Adir qishlog‘i yaqinida qo‘lga olindi. Aniqlangan tovarning umumiy qiymati 855 million so‘mga baholangan. O‘sha kuni Yangiqo‘rg‘on tumanining Namuna aholi punktida Qirg‘iziston hududidan umumiy qiymati 157 mln. so‘mlik dorilarni noqonuniy tarzda olib kirish bo‘yicha urinishga chek qo‘yildi.

24 sentabr kuni Qozog‘iston bilan chegarada, Navoiy viloyatining Kirgitov aholi punktida “Kamaz” markali avtomashina aniqlandi. Uning haydovchisi Qozog‘istonga umumiy qiymati 80 mln. so‘mdan ko‘proq bo‘lgan rangli metallni noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan.

Aniqlangan barcha tovar-moddiy boyliklar davlat daromadiga o‘tkazildi, qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘rildi.

Mavzuga oid
Top