Jahon | 22:58 / 11.10.2017
6138
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qayta tiklanuvchi energetika sohasida yetakchilik qilmoqda

Foto: EAST NEWS

Ernst&Young kompaniyasi davlatlarning tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha jozibadorligi indeksi – "Renewable energy country attractiveness index" (RECAI) hisobotini chop etdi. Unga ko‘ra bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda, AQSh esa o‘z hukumatining o‘zaro zid siyosati sababli 3-o‘rinni egallamoqda.

AQSh 1- va 2-o‘rinlarni RECAI’ning avvalgi hisoboti chiqqan may oyidayoq Xitoy va Hindistonga boy bergandi. Vaholanki AQSh 2015 yildan beri bu borada yetakchilikni o‘zida saqlab kelayotgandi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari indeksda bir necha pog‘ona yuqorilashgan. Xalqaro moliya korporatsiyasi Misrda 500 MVt li quyosh elektrostansiyalarini qurish uchun 635 mln dollar investitsiya qilgan. Saudiya Arabistoni esa 400 MVtli shamol fermasini ishga tushirmoqda.

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya atrofidagi mojaro sababli mintaqada beqarorlik hukm surayotganiga qaramasdan, ro‘yxatda 4 pog‘onaga ko‘tarilib, 29-o‘rinni egallagan. 

Fransiya esa yetakchi 5 davlat ortidan kelmoqda. U mamlakat prezidenti Emmanuel Makron faol qo‘llab-quvvatlayotgan yangi loyihalar evaziga 6-o‘rinni egalladi. 

2016 yilda bu bozor 30 mlrd dollarga baholangan. Shu sababli Zion Market Research prognozlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda narxlar deyarli 2 barobarga oshadi.

Mavzuga oid