Shvetsiya 2023 yilgacha naqd puldan voz kechmoqchi

Foto: SEAN FREEMAN / Deviant Art
Mutaxassislar Shvetsiyaning naqd pulsiz hisob-kitoblarga tamoman o‘tishiga shubha qilmayaptilar. Oxirgi 7 yil ichida qog‘oz kronlarning aylanmasi 40 foizga kamaygan, Shvetsiya markaziy banki o‘z kriptovalyutasini chiqarmoqchi. Skandinaviyalik bir guruh olimlar bu ma'lumotlarni tahlil qilib, Shvetsiyada naqd pullar to‘liq muomaladan chiqadigan yilni aniqlashdi.
Shvetsiyaning Qirollik texnologiyalar instituti va Daniyaning Kopengagan iqtisodiyot maktabi olimlari Niklas Arvidsson va Yonas Xedmanning prognoziga ko‘ra, 6 yildan keyin Shvetsiya naqd puldan to‘liq voz kechadi.
Olimlar prognozni tuzishda Shvetsiyadagi sadvo korxonalari egalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazishgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 97 foiz savdogalar naqd pul qabul qiladi, biroq 82 foiz holatda xaridorlar naqd bo‘lmagan hisobni qo‘llashadi. So‘rovning ko‘rsatishicha, respondentlarning yarmi 2025 yilgacha naqd pulni qabul qilishdan to‘xtashlarini aytganlar.
Biroq qarorni hozirdayoq kredit kartalari yoki mobil dastur orqali hisob-kitob qilishni afzal ko‘ruvchi fuqarolar qabul qilishadi. Shvetsiya markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda bor-yo‘g‘i 15 foiz to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida amalga oshirilgan, bu qiymat esa 2010 yilgidan 40 foiz kamroqdir.
Naqd pulsiz hisob-kitob qilishga o‘tish savdo korxonalariga ham foydali bo‘ladi. Olimlarning fikricha, savdo nuqtalari naqd pul bilan ishlash uchun kuniga 113 daqiqa sarflashadi. Kupyuralar va tangalar bilan ishlash har bir xarid qiymatining 3,9 foizini tashkil qiladi. Ko‘plab do‘konlarning egalari bu faktni tan olmaydilar va karta bilan hisob-kitob qilish nafsiz deb hisoblaydilar.
Biroq 2023 yilgacha ko‘pchilik bir qarorga keladi. Biroq bunga moslashishi qiyin bo‘ladigan bir guruh odamlar qoladi. Bunday guruhlarga keksa yoshli fuqarolar, muhojirlar, mayda tadbirkorlar va sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan odamlar kiritilmoqda.
Naqd puldan birinchilardan Hindiston va Xitoy ham voz kechishlari mumkin. Xitoyda mobil to‘lov tizimlari ommalashmoqda, Hindistonda esa naqd puldan voz kechishni amaldagi hukumat qo‘llab-quvvatlamoqda. ForexBonuses tadqiqotiga ko‘ra esa to‘lovlarning naqdsiz turiga Kanada, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Yaponiya va Rossiya ham birinchilardan o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 18:22
-
“Aholi uy-joy va tomorqasiga yetkazilgan zarar qoplanadi” – “O‘zbekgidroenergo”
O‘zbekiston | 18:06
-
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi
Fan-texnika | 18:00
-
Tramp jahon chempionatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berdi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

14:55 / 16.04.2025
Shvetsiya kabellar qasddan uzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmadi

02:18 / 04.04.2025